Jahon | 00:21 / 06.05.2016
6118
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada jangarilar Chevron neft platformasiga hujum qilishdi

Nigeriya sohillari yaqinida jangarilar AQShning Chevron kompaniyasiga tegishli neft platformasiga hujum qilishdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ta'kidlanishicha, hujum Nigeriyaning neft qazib olish markazi hisoblanadigan Niger daryosi deltasidagi Varri shahri yaqinida joylashgan Eskravos terminalidan 70 km uzoqlikda yuz bergan. 

Ushbu hujum uchun javobgarlikni "Niger deltasi qasoskorlari" guruhi o‘z zimmasiga oldi. Dastlabki zarar miqdori ma'lum qilinmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid