Jamiyat | 23:51 / 08.05.2016
11497
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada o‘smir selfi olish vaqtida tok urishdan halok bo‘ldi

Yangi Moskvada 16 yoshli o‘smir 8 mayda kechki payt temir yo‘l izlari yonidagi yuqori voltli elektr uzatish liniyasida selfiga tushish vaqtida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

"Soat 18:10 da Kursk yo‘nalishining Silikatnaya — SHCHerbinka stansiyalari o‘rtasidagi peregonda 16 yoshli yigit elektr uzatish ustuniga chiqib, selfiga tushmoqchi bo‘lgan. U buning uchun selfi-tayoqchani chiqarganda simlarga tegib ketgan. Yigit katta kuchlanishli tok urishidan voqea joyida halok bo‘lgan", deb aytildi xabarda.

Ayni vaqtda ushbu holat bo‘yicha tergov-tezkor guruhi ish olib bormoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid