Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“IShID fitnasi” kitobini Rossiyada terrorizmga qarshi kurash uchun qo‘llashmoqda
O‘zbekistonlik islomshunos olim Aydarbek Tulepovning 2015 yilning yozida nashrdan chiqqan “IShID fitnasi” nomli kitobi nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa mamlakatlarda ham katta qiziqish bilan o‘qilmoqda.
Rossiya islom olami o‘zbek olimining bu asarini har bir musulmon inson o‘qishi kerak ekanini ta'kidlashdi. Bu haqda “Kommersant'” gazetasi xabar beradi.
Ural viloyati musulmonlari barchani terrorizmga qarshi kurashga chorlashdi. Bu borada o‘tkazilgan konferensiyada Sverdlov viloyati bosh muftiysi Abdul-Quddus Asharin shunday dedi: “Terrorchilarning qilayotgan ishlari islom uchun qattiq zarba bo‘lmoqda. Ular hattoki muqaddas kitobimiz Qur'onni ham o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatishmoqda. Bunga qarshi barchamiz kurashishimiz kerak. O‘zbekistonning bu boradagi ishlarini alohida ta'kidlagan bo‘lardim. Ularda “IShID fitnasi” nomli juda yaxshi kitob chiqarildi. Unda terrorchilarning qanchalik noto‘g‘ri yo‘ldan ketayotgani ko‘rsatib berilgan”.
Konferentsiyada aytilishicha, “IShID fitnasi”ning rus tilidagisi Uraldagi maktab, kutubxona va masjidlarga tarqatilgan.
Muallif: O‘tkir Jalolxonov
Mavzuga oid
17:00 / 31.03.2026
Isroil parlamenti «terrorizm»da ayblangan falastinliklar uchun o‘lim jazosi kiritdi
13:14 / 18.11.2025
Rossiyada sobiq bosh vazir Kasyanov "terrorchilar" ro‘yxatiga kiritildi
16:11 / 12.11.2025
O‘lim jazosi qayta kun tartibida: Knesset «terrorizm»ga doir tuzatishni ma’qulladi
12:00 / 02.10.2025