Rosfinmonitoring tuzadigan "terrorçilar va ekstremistlar" röyxatiga Rossiyaning sobiq boş vaziri Mixail Kasyanov va iqtisodçi Sergey Guriyev kiritildi. Röyxat navbatdagi marta töldirilgani haqida idora 17 noyabr kuni öz saytida xabar berdi. Şu kuni mazkur röyxatning "Qöşilganlar" bölimida jami 24 ta familiya qayd etilgan bölib, butun röyxat böyiça esa 19 131 nafar jismoniy şaxs va 823 ta taşkilot mavjud.
Ham Kasyanov, ham Guriyev Rossiyadan ketib bölgan, ikkalasi ham bundan oldin "çet el agentlari" deb e’lon qilingan va "Rossiya Uruşga qarşi qömitasi" tarkibiga kiradi. Uning a’zolariga nisbatan oktyabr oyida "hokimiyatni zöravonlik yöli bilan egallab oliş" va "terroristik jamoa taşkil etiş" moddalari böyiça jinoyat işi qözğatilgan edi.
Mixail Kasyanov 2000 yil mayidan 2004 yil fevraligaça Rossiya hukumatini boşqargan, ungaça esa Moliya vazirligiga rahbarlik qilgan. 2010 yilda u Boris Nemsov, Vladimir Rijkov va Vladimir Milov bilan birgalikda "Qonunbuzarlik va korrupsiyasiz Rossiya uçun" koalitsiyasiga asos solgan. Keyinçalik u "Xalq erkinlik partiyasi"ga (PARNAS) aylangan, 2023 yil may oyida esa Oliy sud qarori bilan tugatilgan.
Sergey Guriyev 2004–2013 yillarda Rossiya Iqtisodiy maktabining rektori bölgan. 2013 yil boşida u "YuKOSning ikkinçi işi" doirasida söroqqa çaqirilgan, uyida tintuv ötkazilgan, şundan söng Guriyev Fransiyaga jönab ketgan.








