Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda san'atkorlar ishtirokidagi “Mening Toshkentim” aksiyasi o‘tkazildi
8 may kuni Toshkentda “Moy Tashkent” (“Mening Toshkentim”) myuziklining premerasi oldidan estrada xonandalari va aktyorlari ishtirokida aksiya o‘tkazildi. Ishtirokchilar ikki qavatli avtobuslarda (Double decker) shahrimizning eng mashhur maskanlariga tashrif buyurishdi. Poytaxt bo‘ylab sayohat chog‘ida “Shahidlar xotirasi” majmuasi, “Minor” va “Hazrati Imom” masjidlari ziyorat qilindi.
Ziyoratdan so‘ng, “Gulsaroy” turar-joy majmuasining ochiq maydonida kichik shou-tadbiri tashkil etildi.
“Toshkent bo‘ylab yulduzlar fleshmobi”da Ozodbek Nazarbekov, Mansur Toshmatov, Muhammadiso Abdulhairov, “VIA Sharq” guruhi, Fotima Rejametova kabi ko‘plab san'atkorlar ishtirok etishdi.
Eslatib o‘tamiz, “Mening Toshkentim” - bu yangi turdagi musiqali shou bo‘lib, jonli ijro imkoniyatlari, yorqin dekoratsiyalar, aktyorlik mahorati va mualliflik yondoshuvini targ‘ib etishga qaratilgan.







Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026