Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Barak Obama 27 may kuni Xirosimaga tashrif buyurishi mumkin
AQSh davlat rahbari Barak Obama 2016 yil 27 may kuni 1945 yil avgustida Yaponiyaning atom bombasi tashlangan Xirosima shahriga tashrif buyurishi mumkin. NHK telekanalining xabar qilishicha, Amerika tomoni yapon ma'muriyatini shu haqda ogohlantirgan.
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Obama qarorini olqishlab, o‘z qarorgohida maxsus chiqish qilgan.
U jonli efirda uzatilgan matbuot anjumanida "Men AQSh prezidentining Xirosimaga borish to‘g‘risidagi qarorini olqishlayman", - deya bayonot bergan.
Qayd etilishicha, garchi ushbu xabar rasman yapon va amerika tomonidan tasdiqlanmagan bo‘lsada, bosh vazir Abe 26-27 may kunlari Mie prefekturasida bo‘lib o‘tadigan "katta yettilik" sammiti yakunlangach, Obama bilan Xirosimaga borish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Aytish joizki, Xirosima va Nagasaki hokimiyati bir necha o‘n yillardan beri AQSh davlat rahbarlarini shaharlarga yetkazilgan zarar ko‘lamining bevosita guvohi bo‘lishga chorlab keladi.
Mavzuga oid
17:12
Yevrokomissiya rahbari: Grenlandiya bo‘yicha AQShga javob “qat’iy” bo‘ladi
11:54
Lavrov Rossiyaning Qrimni qo‘shib olishini AQShning Grenlandiya bo‘yicha rejalari bilan taqqosladi
11:15
Oq uy: Tramp samolyoti elektronikadagi nosozlik sabab ortga qaytdi
10:30