Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bezrukov shaxsiy hayotiga aralashgan internet-portaldan 2 million rubl talab qilmoqda
Aktyor Sergey Bezrukov shaxsiy hayotiga aralashgani hamda fotosuratlaridan noqonuniy foydalangani uchun «KM onlayn» internet-portalidan 2 million rubl talab qilmoqda. Bu haqida RIA "Novosti" xabar beradi.
Moskvadagi Butirskiy sudi matbuot kotibi Tatyana Isayevaning bildirishicha, sudga murojaat qilishga www.km.ru saytida chiqqan "Sergey Bezrukovning oilaviy siri ochildi" nomli maqolasi sabab bo‘lgan.
Aktyorning fikricha, bu shaxsiy hayotga aralashishga kiradi. U suratlar uning ruxsatisiz chop etilganidan norozi bo‘ldi.
"Da'vo arizasida u ma'naviy zarar uchun tovon puli talab qilgan. Sud mazkur ishni 24 may kuni ko‘rib chiqadi", qo‘shimcha qildi Isayeva.
Bundan avval Irina va Sergey Bezrukov oilaviy juftligi "Jizn" gazetasini nashrdan chiqaruvchisi "News media" kompaniyasidan 120 ming rubl undirib olishgan.
Mavzuga oid
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
13:12 / 18.05.2026
“Drujba”da yongan Zeekr voqeasi: sud avtomobil egasi foydasiga 450 mln so‘m undirishni belgiladi
12:00 / 15.05.2026