Ozarbayjon "Yevrovideniye"da Tog‘li Qorabog‘ bayrog‘i paydo bo‘lgandan noroziligini bildirdi
Ozarbayjon "Yevrovideniye 2016" musiqiy tanlovi tashkiliy qo‘mitasiga tanlovning birinchi yarimfinalida jonli efirda tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi bayrog‘i paydo bo‘lganidan noroziligini bildirmoqchi. Bu haqda 11 mayda "Interfaks" axborot agentligiga Ozarbayjon tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Xikmat Gadjiyev ma'lum qildi.
"Bunday qadamlar "Yevrovideniye" qo‘shiqlar tanlovining asosiy tamoyillariga zid keladi", deb aytdi Gadjiyev va Armaniston tomoni "bosib olingan Ozarbayjon hududlarida yaratilgan noqonuniy tuzilmani qo‘llab-quvvatlash va targ‘ibot qilish maqsadida" bunday harakatlarga ataylab borayotganini qo‘shimcha qildi.
10 mayda Stokgolmda tanlovning birinchi yarimfinali bo‘lib o‘tdi va unda Armaniston delegatsiyasi hamda tanlovda ishtirok etayotgan armanistonlik qo‘shiqchi Iveta Mukuchyan Tog‘li Qorabog‘ bayrog‘ini namoyish qilgan.
Aprel oxirida tanlov tashkilotchilari konsertlarga qrim va qrim-tatar bayroqlari, Tog‘li Qorabog‘, Falastin, Donetsk xalq respublikasi, Shimoliy Kipr turk respublikasi, Pridnestrovya va IShID terrorchilik guruhining bayroqlarini olib kelishni taqiqlashgandi. Bundan tashqari, tomoshabinlarga zalda basklar ramzlari tushirilgan plakatlarni ko‘tarish ham taqiqlangan.
Mavzuga oid
23:13 / 23.08.2024
Ziroat Mirziyoyeva va Saida Mirziyoyeva Ozarboyjon birinchi xonimi bilan uchrashdi
23:00 / 18.08.2024
Ozarbayjon BRIKSga qo‘shilish niyatida
19:16 / 02.08.2024
Yevropadagi yana bir davlat Rossiya o‘rniga Ozarbayjondan gaz sotib olishni boshladi
08:15 / 05.07.2024