Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qonliko‘l tumanida 7 ovul, 1 posyolka va 3 mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari saylandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovi oshkoralik va muqobillik tamoyillari asosida o‘tkazilmoqda.
Qonliko‘l tumanida 7 ovul, 1 posyolka va 3 mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning 100 dan ziyod maslahatchilari saylanadi.
– Shu kunga qadar 6 fuqarolar yig‘inida saylovlar bo‘lib o‘tdi, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qonliko‘l tumani bo‘linmasi boshlig‘i Guljamol Muxanova. – Fuqarolar o‘zlari yaxshi biladigan obroʻ-eʼtiborli, ko‘pchilikni ezgu ishlarga yo‘naltira oladigan kishilarni muqobillik asosida mahalla raisi va uning maslahatchisi etib saylamoqda.
Tumandagi “Arzimbetqum” ovul fuqarolar yig‘ini hududida 3 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Keyingi yillarda bu yerda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, mahalla har tomonlama chiroy ochdi. Fuqarolar yig‘ini raisi tashabbusi bilan hududda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta'minlashga ko‘maklashish borasidagi chora-tadbirlar barchaga manzur bo‘lmoqda.
Ovul fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari saylovida ana shu muvaffaqiyatlar ta'kidlandi. Vakillar yig‘ilishi ishtirokchilari ochiq ovoz berish orqali ikkita nomzoddan birini sayladi. Shu paytgacha ovul fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida ishlab kelayotgan Nukusboy Aytmuratov qayta saylandi. Maslahatchilar orasidan ham obro‘li, boshqalarga o‘rnak bo‘la oladigan nomzodlarga ovoz berildi.
A.Oortiqboyev, O‘zA muxbiri.
Mavzuga oid
15:37
Mahallalar holati «Hokimiyat monitori» orqali real vaqtda nazorat qilinadi
13:18
O‘zbekistonda 300 ta mahallada quyosh stansiyalari o‘rnatiladi
10:00 / 01.12.2025
Qirg‘izistondagi saylovlar: Japarovga sodiq nomzodlar deyarli barcha okrugda g‘alaba qozondi
00:21 / 30.11.2025