O‘zbekiston | 18:01 / 16.05.2016
22050
1 daqiqa o‘qiladi

Yomg‘ir tufayli Toshkent ko‘chalarini suv bosdi

So‘nggi kunlarda O‘zbekistonning barcha hududlarida ob-havo serryomg‘irligi bilan ajralib turibdi.

Bu yomg‘irlar ba’zi noqulayliklarni yuzaga keltirmoqda.

Toshkent shahrining ayrim joylarida suv sathi bir necha santimetrga yetdi. 

Shahar avtomobil yo‘llarida tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Xususan eski ToshMIdan Ts1gacha, 3-Tuzel-3 mavzesi, Sergeli hamda Janubiy vokzal oralig‘ida katta suv to‘plamlari tufayli tiqilinch holatlar bo‘lgan.

Sinoptiklarning bildirishicha, ikki kun davomida Toshkentga 19 millimetr yomg‘ir yoqqan. Bu may oyi normasining yarmidan ko‘pni tashkil etadi. 

Prognozlarga ko‘ra, hafta o‘rtalarigacha yog‘inli kunlar davom etadi. Shamol soniyasiga 15-20 metr tezlikda esishi mumkin.

Mavzuga oid