2016 yil uchun zakot, fitr va fidya miqdori belgilandi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining 2016 yilgi Zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori imzolandi, deb xabar bermoqda Qadriyat.uz sayti.
Qarorga ko‘ra, joriy yil uchun zakot nisobi 11 475 000 so‘m, fitr sadaqasi 4000 so‘m, fidya miqdori 10000 so‘m etib belgilandi.
Ushbu qarorga ko‘ra:
1. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay'atining milodiy 2016 yil (hijriy 1437 yil) uchun zakot nisobi 1 gr. tilloning bugungi kundagi bozordagi o‘rtacha narxi 135 000 so‘m ekanligini e'tiborga olib, 85 gr. tillo hisobidan zakot nisobi 11 475 000 so‘m ekanligi va mazkur summadan qirqdan bir hissasi, ya'ni 286 875 so‘m zakot chiqarish to‘g‘risidagi xulosasi ma'qullandi.
2. Fitr sadaqasi miqdori viloyat, shahar va tuman bozorlaridagi 2 kg. bug‘doy narxidan kelib chiqqan holda belgilandi. Masalan 2016 yilda Toshkent shahar bozorida 1 kg. bug‘doyning narhi o‘rtacha 2000 so‘m bo‘lsa, demak 2 kg. bug‘doy narxi 4000 so‘m bo‘ladi.
3. Bu yilgi fidya miqdori bir och odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, o‘rtacha 10 000 so‘m deb belgilandi.
2015 yilda zakot nisobi 7 140 000 so‘m, fitr sadaqasi 3200 so‘m, fidya miqdori 10000 so‘m; 2014 yilda zakot nisobi 6 800 000 so‘m, fitr sadaqasi 2000 so‘m, fidya miqdori 12000 so‘m; 2013 yilda zakot nisobi 8 000 000 so‘m, fitr sadaqasi 3000 so‘m, fidya miqdori 8000 so‘m; 2012 yilgi zakot nisobi 9 000 000 so‘m, fitr sadaqasi 3000 so‘m, fidya miqdori 6000 so‘m etib belgilangan edi.
Mavzuga oid
17:28 / 24.03.2023
2023 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi
11:20 / 25.04.2022
Zakot hisoblash bo‘yicha onlayn kalkulyator ishga tushdi
14:32 / 01.04.2022
2022 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi
16:11 / 21.10.2021