Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada qizchani o‘ldirgan enaganing hibsda ushlab turilishi muddati uzaytirildi
Moskvaning Presnensk sudi o‘zi ishlagan uydagi oilaning 4 yoshli qizchasini o‘ldirganlikda ayblanayotgan enaga Gulchehra Boboqulovaning hibsda ushlab turilishini yana 2 oyga uzaytirdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Sud tergovning arzini ma'qullab, ayblanuvchining hibsda ushlab turilishini 29 iyulgacha uzaytirdi.
Avvalgi marta hibs muddati aprelda uzaytirilgandi.
29 fevralda Moskvada 4 yoshli qizchaning qotilligi sodir etilgan. Bu jinoyat bo‘yicha 39 yoshli o‘zbekistonlik Boboqulova asosiy gumonlanuvchi hisoblanmoqda. Unga "Kichik yoshli bolaning qotilligi" moddasi bo‘yicha ayblov e'lon qilingan. Agar enaga aqli raso deb topilsa, bu moddaga ko‘ra u 25 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Mavzuga oid
07:52 / 07.05.2026
Mudhish qotillikka qo‘l urgan o‘zbekistonlik ayol Rossiya ruhiy kasalliklar shifoxonasida qoldirildi
14:52 / 24.03.2025
Toshkentda yosh qizaloqni muttasil kaltaklab kelgan enaga ozodlikdan mahrum qilindi
13:52 / 05.01.2025
Farg‘onada bolaning hayotini xavf ostida qoldirgan enaga ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
21:33 / 19.10.2024