Farğonada öziga işonib topşirilgan ikki yarim yaşar bolaga nisbatan beşafqat munosabatda bölgan enaga ustidan jinoyat işi qözğatildi.
Bolalar ombudsmaniga xabarida aytilişiça, 2018 yilda tuğilgan qizaloq enagasining qaramoğida yaşayotgan vaqtda, 15 noyabr kuni uydagi zinadan yiqilib, oğir jarohatlangan. Şunga qaramay, enaga bolaning soğligini xavf ostiga qöyib, uni şifoxonaga olib bormagan. Oqibatda bolaga boş miya lat yeyişi va boşqa xayot uçun xavfli oğir şikastlar taşxisi qöyilgan.
Ma’lum bölişiça, Kun.uz uşbu voqea haqida xabar bergan kun – 28 dekabrda Farğona şahar IIB 37 yoşli enaga ayol M.X.ga nisbatan “xavf ostida qoldiriş” moddasi bilan jinoyat işi qözğatgan.
Qizçaning onasi – Farğona şahrida yaşovçi, turmuşi buzilgan 37 yoşli M.Ğ. 2024 yil avgust oyida Rossiyaga işlaş uçun ketib, 2018 yilda tuğilgan öğli va 2022 yilda tuğilgan qizini rasmiy işonçnoma asosida M.X.ning qaramoğiga qoldirgan; enagaga xizmat xaqqi va bolaning kunlik sarf-xarajatlari uçun pul jönatib turgan.
Kunlarning birida ona Rossiyadan turib bolalarning sobiq enagasi bilan boğlangan va M.X. farzandlarini unga Telegram orqali körsatmay qöyganini aytib, ulardan xabar olişini söragan. Ayol onaning iltimosiga köra bolalarni M.X.dan olgan vaqtida, qizça oğir jarohatlangani ma’lum bölgan. U Kun.uz bilan suhbatda qizning tanasida kaltak izlari borligi, 6 yoşli akasi ularni qiynaşganini aytgani haqida sözlab bergandi.
RŞTYoIM Farğona filiali Bolalar qöşaloq tan jarohatlari bölimi şifokori Ğayratjon Hotamov Kun.uz'ga muolajalardan keyin bolaning holati yaxşi tomonga özgara boşlaganini aytgan.
“Bemor oğir holatda bölgani uçun bolalar reanimatsiyasi bölimida yotqizilgan. U karaxt holatda edi. Uning boş qismida kattagina şiş bor edi. Peşona suyagi ham singandi. Qizaloqning boşidan yarim litrga yaqin yiğilib qolgan eski qonni olib taşladik. Bolaning boş va tana qismlarida jarohat alomatlari bor edi”, – degandi şifokor.












