Toşkentda yoş qizaloqni muntazam ravişda kaltaklab kelgan hamda öğrilik qilgan enaga jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hukmi bilan tanişdi.

Sud hujjatida keltirilişiça, 1981 yilda tuğilgan, Tojikiston fuqarosi bölgan S.X. Toşkent şahrida savdo-sotiq bilan şuğullanuvçi M.R.ning uyida 2 yil davomida enagalik qilib kelgan. U uşbu davrda xonadon egasi uyga savdo pullarini olib kelgan vaqtida uning çalğiganidan foydalanib, har safar 1-2 mln sömdan yaşirib qolavergan. Enaga öğirlagan pullar miqdori jami 118 mln sömga yetgan. 

Bundan taşqari, S.X. muttasil ravişda M.R.ning 2022 yilda tuğilgan qizini kaltaklab kelgan. Ayol tanasining turli qismlariga urgan holda qizaloqqa tan jarohati yetkazgan. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga köra, qizaloqda “öng jağ osti sohasi, öng son yuqori uçligi old sohasi, çap son yuqori uçligi old yuzasida qontalaşlar” aniqlangan hamda bu tan jarohatlari qattiq ötmas jism ta’sirida yetkazilgan.   

Enaga sudda aybiga qisman iqrorlik bildirib, qizaloqni asabini köp buzganligi sababli urganini aytgan. Şuningdek, u öğirlagan pullari miqdori 118 mln söm emas, 8 mln söm atrofida ekanligini bildirgan. 

“2022 yilda uşbu xonadonda xizmatkorlik va enagalik qila boşladim. Uy egasi bu xizmatlarim uçun 2,5 mln söm oylik iş haqi berardi. Ikki bolaga qarab, uy işlarini qilardim. Uy egasi soat taxminan 18:00 lar atrofida bozordan kelardi. U uyga kelganidan söng yon sumkasida kunlik savdo pullarini olardi. Uşbu pullarni taxlab sanaşda unga yordamlaşib turardim. Özimga biror narsa oliş maqsadida öğrilik qiliş maqsadi paydo böldi. 2022 yildan boşlab uy egasining savdo qilgan pullaridan ma’lum miqdorda öğrilik yöli bilan olib turdim. 

Uy egasining kiçik qizi asabimni köp buzganligi uçun qölim bilan doimiy ravişda boş, qorin va tana qismiga urardim. Bir neça marotaba uning boşiga qölimda bölgan telefon yoki televizorning pulti bilan urganman”, degan ayol öz körsatmasida.

Jabrlanuvçining sudda bildirişiça, u puli kamayib qolayotganligini sezgan va enagani sinab körişni maqsad qilgan. U kunlik savdoda tuşgan pulni bozorda sanab körib, miqdorini bilgan holda uyiga olib borgan va pullarni sanab, taxlab qöyişni enagaga topşirgan. S.X. esa pul miqdoriga qarab, 500 ming sömdan 2 mln sömgaça yaşirib qolavergan.

Bundan taşqari, uy egasi xonadonga yaşirin kamera örnatgan. Bu orqali enaga kiçkina qizini muntazam urib kelişini hamda savdo pullaridan yaşirib olib qolayotganini foş etgan.

Jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudining hukmi bilan S.X. Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Öğrilik) 3-qismi “v” bandi va 110-moddasi (Qiynaş) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilişda aybli deb topilgan. Unga 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Şuningdek, S.X.dan jabrlanuvçi foydasiga yetkazilgan zararni undiriş belgilangan. Ayolga nisbatan qöllangan şaxsiy kafillik tarzidagi ehtiyot çorasi özgartirilib, u sud zalida qamoqqa olingan.