Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Germaniyani namibiyaliklar genotsidida aybladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Germaniyaning armanilar genotsidini tan olganiga javoban yana bir bor tanqidiy chiqish qildi. Bu haqda Daily Sabah xabar tarqatdi.
"Germaniya! Yana bir qaytaraman - siz nemislar 100 mingdan ortiq namibiyalikni qirib yuborganingiz haqida hisob berishingiz kerak", degan u Istanbuldagi Sabhattin Zaim universitetidagi chiqishi vaqtida.
U shuningdek, xolokost haqida esalab, GFR "armanilar genotsidi" haqida eng oxiri bo‘lib tilga olish kerakligini aytgan.
"Bizning tariximiz - qotilliklar tarixi emas. Bizning tarix - rahmdlillik va iztiroblar tarixidir, bu bilan biz Germaniyadan farqlimiz", degan davlat rahbari.
Namibiya qirg‘ini - 1904—1907 yillarda kayzer Germaniyasining mustamlakachilik siyosati doirasida Janubi-G‘arbiy Afrikada istiqomat qilib kelgan gerero (bantu) va nam (gottentotlar) qabilalarining isyonlari bostirilishi davomida aholining 80 foizi qirib tashlanganidir. 2004 yili Germaniya bu faktni Namibiyadagi genotsid sifatida tan olgan.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya parlamenti 2 iyun kuni armanilar genotsidini tan olish bo‘yicha «1915–1916 yillarda Usmonli saltanatida armanilar va boshqa xristian ozchiliklarning genotsidi xotirasiga» deb atalgan rezolyutsiyani qabul qildi. Unga bundestagdagi 630 deputatdan 628 nafari ovoz berdi, bir kishi qarshi chiqib, bir kishi betaraf qoldi.
Bu Turkiya tomonidan keskin qarshi olindi. Anqara Berlindagi elchisini chaqirib oldi.
Erdo‘g‘an bu qaror Germaniya bilan munosabatlarda aks etishini bildirdi.
Turkiya TIV bu rezolyutsiyani "sharmandali rezolyutsiya" deb atadi.
Istanbuldagi Germaniya bosh konsulxonasi oldida norozilik namoyishlari o‘tkazildi.
Ma'lumot uchun, 1915 yilda Usmoniylar imperiyasida, turli baholarga ko‘ra, 600 mingdan 1,5 milliongacha armani halok bo‘lgan. Turkiya yuz minglab insonlar halok bo‘lganini tan oladi, ammo buning «genotsid» atamasi bilan ta'riflanishiga qarshi chiqadi.
O‘z navbatida, turk tarixchilari armanilarning qurolli guruhlari o‘n minglab musulmonlarni qirg‘in qilganini ta'kidlab keladi.