Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya moliya vaziri: Buyuk Britaniya tezkorlik bilan YeIdan chiqish jarayonini boshlashi kerak
Buyuk Britaniya referendumda qabul qilgan qaroridan so‘ng Yevropa Ittifoqidan chiqish jarayonini tezroq boshlashi kerak. Fransiya moliya vaziri Mishel Sapen France 2 telekanali efirida shunday fikr bildirdi.
"London Yevroittifoqdan chiqish jarayonini tezroq yo‘lga qo‘yishi lozim. Buyuk Britaniya Brexit'ga ovoz berdi, endi darhol uni amalga oshirishi kerak. Fransiya va Germaniya bu masalaga bir xil yondashmoqda", - dedi Sapen.
YeIdan chiqish fransuz soliq to‘lovchilariga moliyaviy jihatdan qanday ta'sir ko‘rsatishi mumkinligiga oid savolga Sapen "bu jarayon to‘liq nazorat ostida bo‘ladi va fransuzlarni hech qanday chiqimga olib kelmaydi", deya javob qaytardi.
"Fransiya iqtisodiyotining o‘sishi va rivojlanishi, birinchi navbatda, ichki iste'mol bilan bog‘liq, bu esa ichki iqtisodiy jarayon", - dedi Sapen.
U "Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi Yevropa mehnat bozoridagi vaziyatga ma'lum bir ta'sir o‘tkazishini" tan oldi.
foto:Arxivnoye
Mavzuga oid
09:16 / 12.05.2026
YeI isroillik ko‘chmanchilarga qarshi yangi sanksiyalarni kelishib oldi
08:30 / 11.05.2026
Hondius laynerida hantavirus tarqalishi: yana bir holat qayd etildi
09:14 / 09.05.2026
Trampning ittifoqchisi Britaniyadagi saylovlarda tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi
08:33 / 08.05.2026