Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Markaziy banki yuan kursini tushirishda davom etmoqda
XXR Xalq banki (markaziy banki) mamlakat milliy valyutasi jenminbi (yuanning rasmiy nomi)ning dollarga nisbatan kursini 153 punktga tushirdi. Endilikda, bir dollar 6,6528 yuanga tengdir. Bu so‘nggi 6 yildagi eng past ko‘rsatkichdir.
China Securities sarmoya kompaniyasi eksperti Chjen Tszaoshunning aytishicha, Buyuk Britaniyaning YeIdan ehtimoliy chiqishi, ingliz funt sterlingi va yevroning AQSh dollariga nisbatan qadrsizlanishiga olib kelgan.
"Bu bevosita yuan kursining tushishiga olib keldi. Birroq, XXR valyuta zaxiralari hajmidan kelib chiqadigan bo‘lsak, yil boshida bo‘lganidek vahimaga tushish kerak emas", -degan Chjen.
"Qisqa davr mobaynida yuanning kursi tez-tez o‘zgarib turadi, ammo sentabr boshlariga kelib hammasi barqarorlashadi", - deydi Industrial bank yetakchi iqtisodchisi Lu Chjenvey.
Mavzuga oid
18:29 / 08.07.2026
Xiaomi yangi Sky Nomad avtomobil brendini yaratdi
11:41 / 07.07.2026
Xitoyda og‘ir xastalikka chalingan vatandosh qo‘llab-quvvatlandi
17:53 / 06.07.2026
Xitoy Tinch okeanida uzoq masofali ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi
20:57 / 02.07.2026