Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
Halokat oqibatida uchuvchining o‘zi qurbon bo‘ldi, u rasman faqat Lyu familiyasi bilan tanilgan, yana 13 kishi jarohatlangan.
O‘tgan hafta yengil samolyotni Pekinning eng baland binosiga yo‘naltirgan uchuvchi «surunkali uyqusizlik va xavotirdan aziyat chekkan» va buni «shaxsiy sabablarga ko‘ra» amalga oshirgan, deb xabar berdi BBC nashri Xitoy rasmiylariga tayanib. Bu Pekinning 26 iyun kuni sodir bo‘lgan voqeadan keyingi birinchi rasmiy munosabatidir.
Halokat oqibatida uchuvchining o‘zi qurbon bo‘ldi, u rasman faqat Lyu familiyasi bilan tanilgan, yana 13 kishi jarohatlangan.
Chaoyan tumani ma’muriyati bayonotida aytilishicha, 66 yoshli Pekin fuqarosi Lyu nikohdan ajrashgan, frilanser bo‘lib ishlagan va yolg‘iz yashagan. Tergovchilar uning kundaligida «o‘zini o‘ldirish niyatidan dalolat beruvchi ko‘plab yozuvlarni» topdi.
«Kompleks tekshiruv natijasida shaxsiy sabablarga ko‘ra jamoat xavfsizligiga tahdid solish holati haqida so‘z borayotganligi aniqlandi», deyiladi rasmiylar bayonotida.
Rasmiylarga ko‘ra, jabrlanganlardan biri allaqachon shifoxonadan chiqarilgan.
Samolyotning China Zun nomi bilan ham tanilgan 109 qavatli CITIC Tower osmono‘par binosi bilan to‘qnashuvi videolari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan, biroq keyinchalik Xitoy internet segmentidan o‘chirib tashlangan edi.
Ko‘plab kuzatuvchilar sodir bo‘lgan voqeani xavfsizlik sohasidagi jiddiy muvaffaqiyatsizlik deb baholadi. Osmono‘par bino Xitoy Kommunistik partiyasi rahbariyati ishlaydigan Chjunanxay majmuasidan atigi bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan.
Chaoyan tumani ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, halokat kuni Lyu instruktor bilan va mustaqil ravishda bir necha parvozlarni amalga oshirgan.
«Mustaqil parvoz paytida u ruxsat etilgan hududdan chiqib ketgan, aeroport bilan aloqani uzgan, shundan so‘ng baland binoga borib urilgan va voqea joyida halok bo‘lgan», deyiladi rasmiy bayonotda.
Rasmiylarga ko‘ra, Lyu sport uchuvchisi litsenziyasini 2021 yilda, xususiy uchuvchi guvohnomasini esa 2024 yilda olgan.
Flightradar24 xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, u Xitoyning Sunward Aircraft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ikki o‘rinli bir motorli Aurora SA60L samolyotini boshqargan.
Uzunligi 6,9 m va qanotlari kengligi 8,6 m bo‘lgan samolyot turistik parvozlar, aerofotos’yomka va havaskor aviatsiya uchun mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026