Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh energiya vazirligi: 2017 yil oxiriga borib, neft bahosi 60 dollargacha ko‘tarilishi mumkin
2017 yilning oxiriga borib, Brent markali neft bahosi bir barrelga 60 dollargacha oshishi mumkin. Bu haqida AQSh Energiya vazirligining Energetik axborot boshqarmasi (EIA) rahbari Adam Seminski ma'lum qildi.
"O‘ylashimizcha, 2017 yilda Brent markali neft bahosi o‘rtacha 62 dollarni tashkil qiladi. 2017 yil oxiriga borib, 60 dollarga yetishi mumkin", - dedi Seminski.
"2016 yilning oxirida ham neft bahosi hozirgidan baland bo‘ladi. Joriy yilning oxiriga borib, narxlar bir barrel uchun 50 dollar atrofida bo‘ladi", - deya ta'kidladi Energetik axborot boshqarmasi rahbari .
2014 yilning yozida 115 dollardan tushib ketgan neft bahosi 2016 yilning may oyi oxiriga kelib ko‘tarildi.
Mavzuga oid
08:17 / 20.03.2026
Neft gigantlari: dunyodagi eng yirik xom neft qazib oluvchilar
13:52 / 13.03.2026
Vengriya Kiyevga inkassator mashinalarini pullarsiz qaytaradi
23:30 / 07.11.2025
Saudiya Arabistoni Hindiston va Xitoy uchun neftga chegirmalar e’lon qildi
17:35 / 30.04.2025