Vengriya hokimiyati Ukraina davlat banki “Oşçadbank”ka uşlab qolingan ikki inkassator avtomobilini qaytaradi, ammo ular içida bölgan pul va oltin Kiyevga topşirilmaydi. Bu haqda 12 mart, payşanba kuni Ukrainaning “Yevropeyskaya pravda” naşri vaziyatdan xabardor ikki manbaga tayanib xabar qildi.

Rejaga köra, avtomobillar şu kuniyoq topşiriladi. Bu haqda ukrain tomoni advokatlariga tergov olib borayotgan Vengriya Milliy soliq va bojxona xizmati tergovçilari ma’lum qilgan. “Yevropeyskaya pravda”ning yozişiça, pul va oltin şu hafta qabul qilingan qonunga muvofiq Vengriyada qoladi. Uşlangan avtomobillarning holati haqida heç qanday ma’lumot yöq.

Içida 40 million dollar, 35 million yevro va töqqiz kilogramm oltin bölgan “Oşçadbank”ning ikki avtomobili 5 mart kuni Vengriyada uşlangan edi. Vengriya hokimiyati pul yuviş gumoni bilan jinoiy iş qözğatgan. Ularning ma’lumotiga köra, pul va qimmatbaho metallni taşişga göyoki Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX)ning sobiq generali hamda harbiy tajribasiga ega yana bir neça şaxs rahbarlik qilgan.

“Oşçadbank”da esa ukrain inkassatorlari mablağlar va qimmatliklarni Avstriyaning “Rayffayzenbank”i bilan tuzilgan xalqaro kelişuv “doirasida va uni bajariş maqsadida” taşiganini bildirgan. Kiyev inkassatorlarni ozod qiliş va mol-mulkni qaytarişga çaqirgan.

Keyingi kuni uşlab turilgan yetti nafar inkassator vatanga qaytgan. Şundan söng Ukraina yana Vengriyadan pul va oltin quymalarini qaytarişni talab qildi. Taşqi işlar vaziri Andrey Sibixa yuz bergan voqeani “davlat banditizmi va reketning misli körilmagan akti” deb atadi va Ukrainaning yevropalik şeriklarini bu böyiça munosabat bildirişga çaqirdi. “Bu pullar Vengriyaga yoki uning hukumatiga tegişli emas, ular Ukraina davlat banki ‘Oşçadbank’ka, demakki, ukrain soliq tölovçilariga tegişli”, — dedi Sibixa.

Vengriya 20 fevraldan buyon Yevropa Ittifoqining Ukrainaga pul yordamini bloklab turibdi. Gap 90 milliard yevro miqdoridagi kredit haqida ketmoqda, şundan 60 milliard yevro bevosita mamlakatni Rossiya Federatsiyasining harbiy tajovuzidan mudofaa qiliş uçun möljallangan.

Vengriya öz vetosini Ukraina hududi orqali ötuvçi “Drujba” neft quvuriga Rossiya zarba berganidan keyin endi Rossiya neftini ololmayotgani bilan izohlamoqda, çunki Kiyev göyoki ta’mirlaş işlarini amalga oşirmayapti. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Budapeşt tanqidiga javoban Rossiya neftining Yevropa bozorida örni yöqligini aytdi.