Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar: Har sakkizinchi ayol va har o‘ninchi erkak bepushtlikdan aziyat chekadi
Olimlarning fikricha, har sakkizinchi ayol va har o‘ninchi erkak bepushtlikdan yoki farzandli bo‘lishda jiddiy muammolardan aziyat chekadi va juftliklarning yarmi bu faktni shifokorlar hamda turmush o‘rtoqlaridan yashirishadi. Tadqiqotning to‘liq matni Human Reproduction jurnalida berilgan.
"Bizni hayron qoldirgan narsa shu bo‘ldiki, tadqiqotimizda ishtirok etgan kishilarning yarmi o‘zlarining fertillik borasidagi muammolarini bila turib, uni bartaraf qilishga harakat ham qilishmagan. Buning boisi jamiyatda unga bepusht degan "yorliq" yopishtirilishi oldidagi qo‘rquv yoki turli ijtimoiy-iqtisodiy omillar bo‘lishi mumkin", - deya ma'lum qildi London gigiyena va tropik tibbiyot maktabi vakilasi Jyessika Datta.
Datta va uning hamkasblari Buyuk Britaniyadagi bepushtlik muammosining ko‘lamini o‘rganib chiqishdi, bunda ular reproduktiv yoshdagi 15 mingdan ortiq ayol va erkakning shaxsiy hayotini kuzatishdi va ular orasida so‘rovnoma o‘tkazishdi.
So‘rovnomalarga ko‘ra, taxminan 10 foiz erkak va 13 foiz ayol bepushtlikdan azob chekkan, ularning aksariyati 35-44 yoshli ayollar va 35-54 yoshdagi erkaklarga to‘g‘ri keladi.
Shunisi qiziqki, bepushtlik asosan badavlat kishilarning muammosi bo‘lib chiqdi - yuqori ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega erkak va ayollar Buyuk Britaniyaning kambag‘al aholi qatlamidan chiqqan juftliklarga nisbatan sezilarli darajada muammolarga duch kelishgan.
Diqqatga sazovor yana bir jihat shundan iborat bo‘lganki, yosh ayollarda bepushtlikning rivojlanishiga ikki kutilmagan omil sabab bo‘lgan - jinsiy hayotdan norozilik va ruhiy tushkunlik. Olimlar nima sababdan bunday bo‘lishini hozircha bilishmaydi, biroq ular bundan keyingi kuzatishlarida mazkur holatni o‘rganib chiqishni rejalashtirishmoqda.
Mavzuga oid
16:05 / 03.02.2026
Rossiya olimlarning “do‘st bo‘lmagan” davlatlarga safarlarini chekladi
09:43 / 29.11.2025
O‘zbekistonlik olimlar yoqilg‘isiz “yashil issiqxona” texnologiyasini yaratdi
20:36 / 14.11.2025
Xitoylik olimlar yoshga bog‘liq bepushtlikni davolashning yangi usulini kashf etdi
15:46 / 19.08.2025