Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar nigoh bilan boshqarish uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqishdi
Xalqaro tadqiqotchilar guruhi ko‘z harakatlari orqali smartfonlarni boshqarishga imkon beruvchi dastur ta'minot ustida ish olib bormoqda, deb xabar beriladi MIT saytida.
Loyiha jarayonida Massachuset texnologiya instituti (MTI), Jorjiya shtati universiteti guruhlari va germaniyalik boshqa mutaxassislar ishtirok etmoqda. Ayni damda ular 1–1,7 santimetrgacha bo‘lgan aniqlik bilan inson nigohining yo‘nalishini belgilay oladigan dasturiy ta'minotni tayyorlashga muvaffaq bo‘lishdi. Tadqiqot mualliflaridan biri Aditya Xoslanig so‘zlariga ko‘ra, tizimning sifati va aniqligi katta qismidagi ma'lumotlarning kelib tushganidan so‘ng yaxshilanadi. Buning uchun tadqiqotchilar insonlar laboratoriyadan tashqari o‘z telefonlariga qanday qarashi haqida ma'lumot to‘playdigan GazeCapture nomli dastur yaratishdi.
Birinchi navbatda, nigoh bilan boshqarish multimediya hujjatlaridan foydalanish uchun joriy etiladi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, innovatsion tizim yordamida videolarni nazorat qilish va to‘xtatib turish, musiqani yoqish va suratlarni tomosha qilish qulay bo‘ladi.
Samsung kompaniyasi 2013 yilda shunga o‘xshash funksiyani yaratgan edi, biroq xatolar tufayli ommalashmadi. 2015 yilda boshqa mutaxassislar Eye Tribe deb nomlangan qurilma ishlab chiqarishdi va u yomon natija ko‘rsatmadi. Biroq ekspertlar fikricha, ushbu qurilma hamon foydalanuvchilar uchun talabgir emas.
Mavzuga oid
07:23 / 07.02.2026
Reyting: tadqiqot va ishlanmalarga eng ko‘p pul sarflaydigan davlatlar
22:17 / 23.01.2026
Olimlar videoo‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlarning o‘smirlar ruhiyatiga zararini rad etdi
17:19 / 20.01.2026
Tadqiqot: noteng daromadlar siyosiy beqarorlikka olib boradi
11:04 / 23.12.2025