Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: McDonald's 2018-yilgacha franshiza bo‘yicha 4 mingta restoranini sotadi
McDonald's tezkor ovqatlanish restoranlari tarmog‘i, 2018-yilga qadar o‘zining 4 mingta restoranini franshiza bo‘yicha sotishga doir xarajatlar uchun 235 mln dollar miqdorida zaxira mablag‘ini ajratgan, deb yozmoqda The Wall Street Journal.
Xabar qilinishicha, bu mablag‘larga kompaniya bosh qarorgohining Chikago markaziga ko‘chishi bo‘yicha xarajatlari ham kiritilgan. Shunga ko‘ra, birinchi chorak bo‘yicha har bir aksiya uchun daromad taxminan 0,2 dollarga kamayadi.
Franchayzing bo‘yicha restoranlar sotilgach, boshqa tadbirkorlar kompaniyaning 93 foiz restoranini boshqara oladi, keyinchalik bu raqam, 95 foizga yetkaziladi.
WSJ gazetasining qayd etishicha, mashhur restoranlar tarmog‘i o‘zining xarajatlarini yiliga 500 mln dollargacha qisqartirishni rejalashtirmoqda. Uning asosiy qismi 2017 yilga to‘g‘ri keladi.
Kompaniya, restoranlarini boshqarish huquqini taqdim etish (franchayzing) asosida 3 mlrd dollar daromad ko‘rishi mumkinligi aytilgan edi.
Mavzuga oid
12:39 / 23.05.2026
Qozog‘istonda maktab bitiruv kechalarini restoran va kafelarda o‘tkazish taqiqlandi
15:24 / 22.04.2026
Tadbirkor Timur Musin Toshkentdagi “Palov muzeyi” va Caravan restoranlarini sotuvga qo‘ydi
18:29 / 16.10.2025
“Faqat ovqat emas, nohaqliklarni ham ko‘tarishga majburmiz”: ofitsiantlar hayotida bir kun
23:14 / 29.08.2025