13:37 / 09.07.2016
4251

AQShning eng yoshi ulug‘ fuqarosi 113 yoshida hayotdan ko‘z yumdi

Asli rossiyalik bo‘lgan AQShning eng yoshi ulug‘ onaxoni Goldi Mixelson tavallud ayyomiga bir oygina qolganda 113 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida AVS telekanali xabar qildi. 

Manbaga ko‘ra, Mixelson hayotining so‘nggi lahzalarini o‘zining Vuster shahridagi (Massachusets shtati) uyida o‘tkazgan. Amerika Gerontologiya xizmati vakili Robert Yangning ma'lum qilishicha, uzoq umr ko‘rgan Goldi oxirgi yillarda o‘zini juda loxas va zaif his qilgan. 

Mixelson 1902 yilda Rossiya imperiyasida Yelisavetgrad shahrida (hozirda Ukrainadagi Kiyevograd) tug‘ilgan va bolalik davrida ota-onasi bilan Amerika qo‘shma shtatlariga ko‘chib kelgan. Bu yerda u Rod Aylend shtatidagi Braun universitetini tamomlagan. 

Yangning ma'lum qilishicha, endi AQShning eng yoshi ulug‘ fuqarosi Nyu Jyersi shtatida istiqomat qiluvchi 113 yoshli Adel Danlap hisoblanadi. 

 

Top