Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sochida kechki soat sakkizdan keyin sohilga chiqish taqiqlandi
Google image
Sochi hukumati kechki soat sakkizdan keyin sohilga chiqishni taqiqlab, sohillarning ishlash vaqtini belgilab berdi. bu haqida RIA "Novosti" shahar ma'muriyatining rasmiy saytiga asoslanib xabar berdi.
Unga ko‘ra, fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida shunday qaror qabul qilingan.
Shahar ma'muriyatining ma'lum qilishicha, dam oluvchilar ko‘pincha "hushyorlikni yo‘qotishadi va o‘z sog‘liqlari va hattoki hayotlariga juda yengil qarashadi". Fojialarning aksariyati odamlarning sohilga tunda mast holatda kelishlari bilan bog‘liq.
Ochiq sohillarda qoidalarga rioya qilinishini xususiy qo‘riqlash korxonasining xodimlari nazorat ostiga olishadi, jismoniy to‘siqlar bo‘lgan sohillar esa ertalabgacha yopib qo‘yiladi.
Mavzuga oid
09:10 / 19.05.2026
Lift xavfsizligini baholash tizimi uchun yangi tartib joriy etilmoqda
21:10 / 14.04.2026
O‘zbekistonda o‘ziga kredit rasmiylashtirilishini taqiqlaganlar soni 2,2 milliondan oshdi
08:58 / 09.04.2026
Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda yangi model joriy etiladi
10:51 / 02.03.2026