Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShIDga qo‘shilmoqchi bo‘lgan qozog‘istonliklarga hukm o‘qildi
Aqto‘be shahri sudi Qozog‘iston Respublikasining 12 nafar fuqarosini 6 yildan 8 yilgacha qamoq jazosiga mahkum etdi. Ular terrorchi tashkilot faoliyatiga qo‘shilmoqchi bo‘lganlikda aybdor deb topilgan va mol-mulki ham musodara etiladi. Bu haqda, Aqto‘be viloyat sudi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
"Sud qaroriga ko‘ra, ushbu fuqarolar mamlakatdan noqonuniy yo‘l bilan Suriya hududiga o‘tishni va IShID terrorchi guruhi safiga qo‘shilishni rejalashtirgan", — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Sudning aniqlik kiritishicha, ushbu shaxslar o‘z g‘arazli niyatlarini amalga oshirish maqsadida internet orqali terrorchilarni yollovchilar bilan bog‘lanib, O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari nomiga soxta hujjatlar yasash choralarini ko‘rishgan. Bundan tashqari, sudning qora kursisida o‘tirganlardan biri o‘z gumashtalariga moliyaviy yordam bergan.
Qozog‘iston OAV 2016 yil fevral oyida Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan 12 kishi qo‘lga olingani haqida xabar qilgan ed
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Firibgarlar sud organlari nomidan SMS yubormoqda
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026