Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Xalqaro meva va sabzavot yarmarkasi” doirasida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar yanada mustahkamlandi
Rossiya Federatsiyasi qishloq xo‘jalik vaziri o‘rinbosari Sergey Levin boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi 12-14 iyul kunlari O‘zbekistonda bo‘ldi.
RF delegatsiyasi tarkibiga savdo tarmoqlari hamda ishbilarmon doira vakillari kiritilgan. Delegatsiya 12-16 iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Xalqaro meva va sabzavot yarmarkasi”da ishtirok etdi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev Sergey Levin bilan muzokara o‘tkazdi. Tomonlar Rossiya va O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorligi rivojiga oid dolzarb masalalarni muhokama qilishdi.
Vazirlar Ulug‘bek Ro‘ziqulov va Sergey Levin Rossiya hamda O‘zbekiston ishbilarmon doira vakillari bilan muloqot o‘tkazishdi. Shuningdek Levin O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo (TIAIS) vaziri Elyor G‘aniyev bilan ham muzokaralar o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvning asosiy mavzusi O‘zbekistondan Rossiyaga yetkazib beriladigan meva va sabzavot mahsulotlari hajmini oshirishga bag‘ishlandi.
Uchrashuv natijalariga ko‘ra, tomonlar Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jalik vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi TIAIS vazirligi o‘rtasida meva va sabzavotlarni yetkazib berishga doir Hamkorlik protokolini imzolashdi.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026