Reuters agentligining ikki nafar vaziyatdan xabardor manbasiga tayanib xabar berişiça, Ukraina uçuvçisiz uçiş apparatlari Saratov neftni qayta işlaş zavodidagi xom neftni dastlabki qayta işlaşga möljallangan asosiy CDU-6 qurilmasini işdan çiqargan.
Manbalarning aytişiça, mazkur qurilma kuniga 20 ming tonnagaça neftni qayta işlaş quvvatiga ega bölgan va zavodda bunday turdagi yagona texnologik liniya hisoblangan. Şu sababli uning işdan çiqişi butun korxona faoliyatining töxtaşiga olib kelgan.
Saratov viloyati gubernatori Roman Busargin 8 iyul kuni uçuvçisiz apparatlar hujumi oqibatida «fuqarolik infratuzilmasi obektlari»ga zarar yetganini tasdiqlagan, ammo qaysi obektlar şikastlanganiga aniqlik kiritmagan.
Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi esa aynan «Rosneft» kompaniyasiga qaraşli Saratov neftni qayta işlaş zavodi nişonga olinganini ma’lum qildi. Uşbu korxona Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanganidan beri bir neça bor dronlar hujumiga uçragan.
Reutersʼning söroviga «Rosneft» kompaniyasi izoh bermagan.
Rossiyada bir neçta yirik NQZ işini çeklagan
«Novaya gazeta Yevropa» hisob-kitoblariga köra, 2026 yilning dastlabki olti oyida Ukraina dronlari hujumlari ortidan Rossiyada kamida 13 ta neftni qayta işlaş zavodi töliq yoki qisman işini töxtatgan.
Naşr ma’lumotlariga köra, buning natijasida mamlakat neftni qayta işlaş quvvatlarining taxminan 25 foizi, benzin va dizel yonilğisi işlab çiqariş quvvatlarining esa qariyb 30 foizi vaqtinça işdan çiqqan.
Ayrim zavodlarda ta’mirlaş işlari bir neça oy davom etişi mumkin. Masalan, iyun oyi örtalarida hujumga uçragan Moskva viloyatidagi Kapotnya neftni qayta işlaş zavodi kamida dekabr oyigaça töliq quvvatda işlay olmasligi aytilgan.
Yonilği taqçilligi millionlab aholiga ta’sir qilmoqda
Financial Times naşri hisob-kitoblariga köra, iyul oyi boşiga kelib Rossiyada yuzaga kelgan benzin taqçilligi taxminan 50 million nafar aholiga ta’sir körsatgan. Bu mamlakat aholisining qariyb 35 foiziga teng.
8 iyul holatiga köra, Rossiyaning köplab hududlarida mahalliy hokimiyatlar va yonilği yetkazib beruvçilar benzin sotuviga turli çeklovlar joriy qilgan. Baykalorti ölkasi, Penza va Irkutsk viloyatlarida esa «yuqori tayyorgarlik» rejimi e’lon qilingan.













