Jamiyat | 12:44 / 15.07.2016
8928
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘shiqchi Rianna Nitstsadagi konsertini bekor qildi

Foto: Pulse

Amerikalik qo‘shiqchi Rianna 15-iyul kuni Nitstsadagi «Alyants Rivera» stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirgan konsertini bekor qildi. Bu haqda, JustJared sayti artist vakiliga tayangan holda xabar qilmoqda.

Qo‘shiqchi Nitstsaga o‘zining jahon bo‘ylab amalga oshiryotgan Anti World Tour musiqiy gastroli doirasida tashrif buyurgan. Terakt sodir etilgan kuni u shaharda bo‘lgan. 

«U xavfsizlikda. Uning ahvoli yaxshi», – deya qo‘shimcha qilgan Rianna vakili. 

Nitstsa shahrining Angliya sohilida amalga oshirilgan qo‘poruvchilikda 80dan ortiq odam qurbon bo‘lgan, 100dan ortiq kishi yaralangan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yuk mashinasini boshqargan asli tunislik 31 yoshli haydovchini politsiya otib o‘ldirgan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid