30 iyunda işga tuşirilgan xizmat bilan xonanda va ijroçilarga soliq organlariga yillik umumiy daromadlari töğrisidagi deklaratsiyani soddalaştirilgan tartibda taqdim etiş imkoni berildi.
Ularning konstitutsiyaviy burçi bölgan — daromad soliğini tölaş majburiyati “Özbekkonsert” davlat muassasasining ma’lumotlar bazasi bilan soliq organlarining axborot tizimi integratsiya qilinişi natijasida soddalaştirildi.
“Konsert-tomoşa faoliyati” böyiça litsenziyaga ega bölgan xonanda va ijroçilar “Soliq” mobil ilovasida şaxsini tasdiqlagaç va Face ID’dan ötgaç, uşbu xizmatdan avtomatik tarzda foydalanişi mumkin.
Qömita ma’lumotlariga köra, 18 avgust kuniga kelib 1954 nafar litsenziya egasi soliq deklaratsiyasini topşirgan.
Eng köp deklaratsiya topşirgan top-5 ta hudud:
- Xorazm viloyati — 294 ta;
- Toşkent şahri — 291 ta;
- Buxoro viloyati — 212 ta;
- Samarqand viloyatida — 207 ta;
- Toşkent viloyati — 157 ta.








