Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya hukumati kun davomida o‘lim jazosini joriy qilish masalasini ko‘rib chiqadi
Turkiyaning Konstitutsiyaviy kengashi davlat to‘ntaruvi harakatlaridan keyin o‘lim jazosining qaytarilish masalasini muhokama qiladi. Bu haqida Turkiya televideniyesida namoyish etilgan matbuot anjumanida mamlakatning bosh vaziri Binali Yildirim ma'lum qildi.
“Turkiyada o‘lim jazosi bekor qilingan. Bugun Konstitutsiyaviy kengash to‘planib, partiyalar bilan birga bu jazo chorasining qaytarilishiga doir masalalarni muhokama qiladi”, - dedi u.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyadagi harbiy to‘ntaruv harakatlari natijasida 161 kishi halok bo‘lgan, 1440 nafar kishi turli jarohatlar olgan. O‘tkazilgan operatsiyalar samarasida 2839 harbiy qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026