Armanistonda muxolifat tarafdorlarini ommaviy ravishda hibsga olish boshlandi
Armanistonda "Parlament ta'sischilari" partiyasi tarafdorlarini hibsga olish boshlandi. Bu partiya a'zolari bugun Yerevan yaqinidagi politsiya binosiga hujum qilib, odamlarni garovga olgandi.
«Interfaks» agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, harakat vakillari butun mamlakat bo‘ylab o‘z tarafdorlari ta'qib etilayotgani haqida ma'lum qilishgan.
Armaniston ombudsmani tomonidan ham ushbu ma'lumot tasdiqlandi.
Respublika inson huquqlari bo‘yicha apparatning maxsus guruhlari hibsga olinganlar tashlanayotgan qamoqxonalarga tashrif qilmoqda.
Ayni vaqtgacha partiyaning qancha tarafdori qamoqqa olingani haqida aniq ma'lumot yo‘q.
17 iyul kuni tongida qurollangan kishilar guruhi Yerevan yaqinidagi Erebuni tumanida politsiya patrul-post xizmati polkiga hujum qildi va o‘z yetakchilari Jirayr Sefilyanning ozod qilinishi hamda hukumatning iste'foga chiqishini talab qildi.
Hujum vaqtida 1 kishi halok bo‘lib, 2 kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid
08:11 / 01.08.2024
Rossiya chegarachilari Yerevan aeroportini rasman tark etdi
10:41 / 13.06.2024
Yerevanda politsiya parlament oldidagi namoyishchilarni shovqinli granatalar bilan tarqatdi - fotosuratlar
09:06 / 27.05.2024
Yerevanda namoyishchilar Pashinyanning iste’fosini talab qildi
15:23 / 13.05.2024