Yerevanda politsiya parlament oldidagi namoyishchilarni shovqinli granatalar bilan tarqatdi - fotosuratlar
100 ga yaqin kishi qo‘lga olingan, 50 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Armaniston poytaxti Yerevanda ishtirokchilari mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilayotgan namoyishlar bir oydan buyon davom etmoqda. Bunga Ozarboyjon bilan chegarani delimitatsiya qilish qarori sabab bo‘ldi, buning natijasida Yerevan to‘rt qishloqni Bokuga qaytardi. Yerevan rasmiylari delimitatsiya Armanistonga xavfni kamaytirishga imkon berishini aytdi. Biroq, muxolifat bu harakatlarni hududiy yon bosish deb hisobladi.
9 iyun, yakshanba kuni muxolifatdagi «Tavush vatan nomidan» harakati yetakchisi, Arman apostol cherkovining Tavush yeparxiyasi rahbari, arxiyepiskop Bagrat Galstanyan dushanba kunidan 96 soatlik ish tashlashga chaqirgandi. 12 iyun kuni parlamentga Nikol Pashinyan keldi. Ko‘chada namoyishchilar va politsiyachilar o‘rtasida to‘qnashuv boshlandi. Aksiya ishtirokchilari to‘siqni buzib o‘tishgan, politsiyachilar shovqinli granatalar qo‘llagan. Armaniston sog‘liqni saqlash vazirligi 50 dan ortiq kishi jarohatlangani haqida xabar bergan. «Tavush vatan nomidan» harakatidagilar namoyishchilardan birining qo‘lidagi barmog‘i uzilib tushganini ma’lum qilgan. To‘qnashuvlar chog‘ida 17 nafar politsiyachi ham jarohatlangan. Armenia Today ma’lumotiga ko‘ra, aksiyada kamida 98 kishi qo‘lga olingan.










Bagrat Galstanyan namoyishchilarni 13 iyun, payshanba kuni ertalab hukumat binosi oldiga yana to‘planishga chaqirgan.

Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi
Jahon | 00:25
-
Tramp Lotin Amerikasiga giyohvand moddalarga qarshi kurashda yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi
Jahon | 00:00
-
Latviya Belarus bilan chegaradagi yagona nazorat-o‘tkazish punktini yopdi
Jahon | 23:05 / 16.03.2025
-
Yangiyo‘lda Gentra simyog‘ochga borib urildi
Jahon | 22:49 / 16.03.2025
Mavzuga oid

20:21 / 13.03.2025
Armaniston va Ozarboyjon tinchlik bitimi loyihasini kelishib oldi

16:22 / 27.02.2025
Xo‘jali genotsidi - insoniyat tarixidagi qonli sahifa

16:48 / 12.02.2025
Armaniston parlamenti YeIga a’zo bo‘lishni boshlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

12:06 / 29.01.2025