OAV: Bir kun ichida Parijdan 2600 noqonuniy muhojir ko‘chirildi
Fransiya politsiyasi Parij shimolidagi muhojirlar shaharchasidan noqonuniy muhojirlarni chiqarib tashladi. AFP agentligining ma'lum qilishicha, operatsiya erta tongda boshlanib, kechga borib yakunlangan. Bir kun davomida jami bo‘lib, 2600 kishi chiqarib yuborilgan.
Gap Yevropada muhojirlar inqirozi boshlangandan buyon o‘tkazilgan eng yirik operatsiya haqida ketmoqda. O‘tgan oyda ham Fransiya politsiyasi Parijdan 1800 nafar noqonuniy muhojirni chiqarib yuborgan edi.
Parij shimolida istiqomat qiluvchi aholining ma'lum qilishicha, shuncha tadbirlarga qaramay, muhojirlar yana qaytib kelishmoqda. Shahar shimolidagi Stalingrad metro bekatini yil boshidan beri politsiya xodimlari besh marta tartibga solishga urinib ko‘rdi.
U yerdagi muhojirlar sharqiy Afrika va Afg‘onistondan kelgan.
Mavzuga oid
08:31 / 14.11.2024
Parij prokuraturasi Marin Le Penga 5 yillik qamoq jazosini talab qilmoqda
09:30 / 25.10.2024
Livanga yordam berish uchun Parijda taxminan 1 mlrd yevro yig‘ildi
22:36 / 24.10.2024
Parijdagi Notr-Dam soboriga kirish pulli bo‘ladi
09:10 / 30.09.2024