Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Xitoy yangi gaz kelishuvini tayyorlamoqda
O‘zbekiston va Xitoy hukumatlari yangi gaz kelishuvini tayyorlash bo‘yicha muzokaralarni boshlab yubordi, deb xabar qilmoqda Sputnik agentligi XXR tijorat vazirligidagi manbaga tayangan holda.
Manbaning qayd etishicha, muzokaralar boshlang‘ich bosqichda turibdi va hozircha u faqat 2017 yil uchun tuziladimi yoki uzoq muddatli shartnoma bo‘ladimi noma'lumligicha qolmoqda.
«Kelishuvning muddati gaz narxi va uning hajmiga bog‘liq bo‘lib, uning muddati borasida aniqlik yo‘q», -degan manba.
«O‘zbekiston so‘nggi ikki yilda Xitoyga gaz yetkazib berish hajmini ko‘paytirdi. Shunga ko‘ra, yangi kelishuvni tayyorlashda biron jiddiy muammo paydo bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Bizning mamlakatlarimiz strategik hamkorlar hisoblanadi», - degan agentlik manbasi.
Mavzuga oid
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026