Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 15:11 / 28.07.2016
5938
1 daqiqa o‘qiladi
Irlandiya aviakompaniyasi samolyotlaridan birini «Ronaldu» deb nomladi
Irlandiyaning Ryanair aviakompaniyasi samolyotlaridan birini Krishtianu Ronaldu sharafiga «Ryanaldo» deb nomladi. Avvalroq Madeyradagi aeroport Krishtianu Ronaldu nomi bilan atalishi xabar qilingandi.
Aviakompaniya bu harakati bilan futbolchini tabriklagan.
«Madeyradagi aeroport sening nomingga atalgani bilan tabriklaymiz, Krishtianu. Sening nomingdagi samolyot bizdan senga sovg‘a bo‘lsin»,- deb yoziladi kompaniyaning twitter'dagi sahifasida.
Manba: Tribuna.Uz
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish