Microsoft korxona va hukumatlarni jiddiy kiberhujumlardan ogohlantirdi. Reuters’ning yozişiça, FQB server dasturlariga faol hujumlardan xabar topgan. Kompaniya öz saytida kiberhujumlardan himoyalaniş uçun örnatiş zarur bölgan dasturlarni tavsiya qilmoqda. Ma’lum bölişiça, noma’lum hakerlar sönggi bir neça kun içida AQŞ va xalqaro agentliklar, biznesni nişonga oluvçi hujum uyuştiriş uçun harakatda.

Avstraliyaning moliya giganti Macquarie kompaniyasi yangi yönalişni boşlamoqda. Yevropadan uşbu kompaniya 12 000 dan ortiq yotoqxonalarni boşqaradigan ikkita talabalar turar joyini sotib olişga rozi böldi, bu sektorga çet ellik investorlarni jalb qiliş belgisi. Talabalar turar joyi köçmas mulk bozoriga aylanadi.

Yevropaning eng katta va arzon taşuvçi aviakompaniyalaridan Ryanair’ning sof foydasi ikki baravarga oşdi. Ma’lum bölişiça, pasxa ta’tillari va yozdagi ança köp oldindan çiptalarni bronlaş sabab foyda ham köpaygan. Aviakompaniya 30 iyun kuni yakunlangan birinçi çoragida 820 million yevro (953 million dollar) sof foyda körganini ma’lum qildi, bu ötgan yilning mart oyida Pasxa bayrami bölgan davrdagi 360 million yevrodan köp.

Xitoy dunyodagi eng katta GES töğoni qurişni boşladi. Boş vazir Li Tszyan Tibet platosining şarqiy çekkasida kamida 170 milliard dollarga baholanadigan dunyodagi eng yirik gidroenergetika töğoni qurilişi boşlanganini ma’lum qilgan. Yiliga 300 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqariş quvvatiga ega beşta kaskadli gidroelektr stansiyasidan taşkil topgan töğon Buyuk Britaniyaning ötgan yili iste’mol qilgan elektr energiyasiga teng energiya beradi.












