16:11 / 28.07.2016
8805

«Tesla» qurilishi bitmagan «Gigafabrika»ni ishga tushirdi

Amerikaning Tesla Motors kompaniyasi Nevada shtatida, o‘zining barcha avtomobillari hamda Tesla ning boshqa loyihalari uchun litiy-ionli akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi  «Gigafabrika»sini ochdi. Uning rasmiy taqdimoti, 29 iyulga belgilangan edi. Biroq, Bloomberg va Wired jurnalistlari belgilanganidan 3 kun avval taklif etilgan.

OAVning ta'kidlashicha, «Gigafabrika»ning hududi va binolari atigi 14 foizga tayyor. Shunga qaramay, statsionar quvvatlash uskunasi Powerwall uchun tajribaviy batareyalar ishlab chiqarish boshlab yuborilgan. 

Zavodda bo‘lgan jurnalistlar va blogerlar ishlab chiqarishning avtomatlashtirilganini va ko‘plab robotlarni qayd etganlar. 

Hisoblarga ko‘ra, 2017 yilning ikkinchi yarmiga kelib «Gigafabrika» 31 foizga shay bo‘ladi. Ammo, ayni zavodning ishga tushirilishi bilan, kompaniya yillik avtomobil ishlab chiqarishni 50 mingdan 500 mingga yetkazish imkoniga ega bo‘ladi. 3 yildan so‘ng, korxonada 10 ming nafargacha kishi mehnat qiladi. «Gigafabrika» to‘liq foydalanishga topshirilgach, uning hududi 930 ming kvadrat  metr yoki 262 ta futbol maydoniga teng bo‘ladi.

Top