Turli davlatlar hukumatlari bu muammoni quyoş panellari, şamol generatorlari kabi tiklanuvçi energiya manbalari orqali hal qilişga intilmoqda. Lekin muammo şundaki, qişda quyoşli kun har doim ham bölavermaydi. Işlab çiqarilgan energiyasi litiydan tayyorlangan akkumulyatorlarda saqlanişi mumkin, u juda qimmatga tuşadi va ança joyni ham egallaydi.

Yaqinda Finlandiyaning Polar Night Energy kompaniyasi işlab çiqarilgan energiyani saqlaşning juda arzon va öta samarali texnologiyasini namoyiş etdi. U işlatilgan quriliş qumi bilan töldirilgan ulkan batareya körinişida böladi. Nomidan juda qiziq körinyaptimi sizga ham?

Qum bilan töldirilgan Polar Night Energy akkumulyatori. Foto: polarnightenergy.fi

Yevropa davlatlarida qiş oğir keladi

Finlandiya Rossiya çegarasiga eng yaqin davlatlardan biri hisoblanadi. Rossiya gazisiz finlarga qişni ötkazib oliş juda qiyin böladi — bu davlatda qiş kunlari uzoq davom etadi, ayniqsa dekabr oyidan boşlab kunlar juda sovib ketadi.

Qişning qahraton kunlarida turar joylar qanday isitilişi haqida siyosatçilar ham, oddiy fuqarolar ham hozirdan boş qotirişmoqda. Quyoş va şamol stansiyalari orqali işlab çiqariladigan «yaşil» energiya manbalari orqali jon saqlaş mumkindir, biroq Finlandiyaning quyoşli kunlari kam, şamol ham köp esmaydi, şu sababli ular energiyaning doimiy işlab çiqarilişini ta’minlay olişmaydi.

Finlandiyada qiş juda qattiq keladi. Foto: www.shuttledirect.com

Issiqlikni saqlovçi yangi akkumulyator

Işlab çiqarilgan energiyani saqlaş uçun möljallangan akkumulyatorlar qimmat turadi va köp joyni egallaydi, şu sababli Polar Night Energy hali öxşaşi yaratilmagan, arzon va nisbatan ixçam muqobil akkumulyatorni namoyiş etdi. U içiga 100 tonna qum töldirilgan ulkan konteynerni qurgan.

«Qumli» akkumulyatorning işlaş prinsipi juda oddiy: quyoş va şamol orqali hosil qilinuvçi energiya qumli konteynerni qizitadi, u esa bu issiqlikni uzoq vaqt özida saqlab turadi va zarurat tuğilganda uni uzatadi.