Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 17:02 / 29.07.2016
6004
1 daqiqa o‘qiladi
Nepaldagi avtobus halokatida 15 kishi qurbon bo‘ldi
Foto: kathmandupost.ekantipur.com
Nepalda avtobus ishtirokidagi yo‘l transport hodisasida 15 kishi vafot etib, kamida 27 kishi jabrlangan, deb xabar qilmoqda Kathmandu Post.
Avvalroq, 9 kishining hayotdan ko‘z yumgani va kamida 10 kishining jabrlangani haqida so‘z yuritilgan edi.
Baxtsiz voqea Dxankuta tumanida yuz bergan. Yo‘ldan chiqib ketgan avtobus 100 metrlar pastga sho‘ng‘igan. Transport vositasida 40dan ortiq kishi bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, to‘xtash tizimida yuz bergan nosozlik tufayli fojia sodir bo‘lgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
11:10
Toshkentda Tracker va BYD ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
10:15
Qamchiqda yonilg‘i tashuvchi maxsus avtomobil YTHga uchradi
17:56 / 30.06.2026
Toshkentda YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi
11:56 / 30.06.2026