Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qodirov: Chechenistonning o‘zi Suriyadagi “ishid”ni yo‘q qila oladi
Checheniston rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ramzan Qodirov, IShID jangarilarining prezident Putinga nisbatan tahdidli murojaati va rossiyaliklarga “jihod” e'lon qilishlari haqidagi bayonoti “safsatadan boshqa narsa emas”, degan fikrni bildirdi. Qodirov bu haqda Instagramdagi sahifasida bayonot bergan.
«Men bir narsaga hayronman. Ko‘plab OAVlari qayoqdagi terrorchilarning murojaatini tarqatish bilan ovora. Axir ularning maqsadi ham shu edi, aslida. Men barcha mas'uliyatni zimmamga olgan holda bayonot beramanki, bularning bari safsata va quruq gapdan boshqa narsa emas. Yana takrorlayman, yaqinda Rossiya harbiylari o‘tkazgan jangovar amaliyotlardan so‘ng, ular o‘z o‘choqlarida “dumini qisib olishgan edi”. Bu murojaatning ortida hech qanday kuch va imkoniyat ham yo‘q. Biz, Chechenistonda 51 mamlakatdan kelgan, yaxshi tayyorlangan va tish-tirnog‘igacha qurollangan banditlar to‘dasini yo‘q qildik. Bu yerda, dunyoning eng kuchli maxsus xizmat xodimlari boshlaridan ayrildi. Ularning qoldiqlari esa, “tuyog‘ini shiqillatishdi”!», — deyiladi Qodirovning xabarida.
Uning ta'kidlashicha, «mazkur «videomurojaat»ni, g‘arb maxsus xizmatlari xonalarida tayyorlangan va Rossiyaga nisbatan olib borilayotgan g‘oyaviy va axborot urushi ko‘rinishlaridan biri» deyishga yetarli asoslar bor.
Qodirovning ishontirishicha, terrorchi g‘alamislar hech qachon Rossiyaga kira olishmaydi, shu bilan birga, Rossiya qurolli kuchlari bir yoqda tursin, Chechenistonning ularni yo‘q qilishga qurbi yetadi.
Mavzuga oid
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026