Polşa Içki xavfsizlik agentligi (ABW) ma’lum qilişiça, deportatsiya qilingan şaxslar Varşava, Vrotslav, Krakov, Zakopane va Bidgoşç şaharlarida ötkazilgan maxsus operatsiyalar davomida qölga olingan.
Tergov ma’lumotlariga köra, gumonlanuvçilar 2025 yil kuzidan boşlab Polşada istiqomat qilayotgan ukrainalik qoçqinlar orasida turli aksiya va namoyişlarda iştirok etiş uçun odamlarni jalb qilgan hamda ularga haq tölagan. Maxsus xizmat iddaosiça, bu faoliyatni moliyalaştiriş uçun mablağlar Rossiyadan kelib tuşgan.
ABW ta’kidlaşiça, uşbu harakatlarning asosiy maqsadi Polşadagi ukrainalik qoçqinlar jamoasiga bosqiçma-bosqiç ta’sir ötkaziş va ulardan siyosiy şiorlarni ilgari suriş vositasi sifatida foydalaniş bölgan.
Maxsus xizmat ma’lumotiga köra, taşkilotçilar Ukrainadagi korrupsiya mojarolari va mamlakat içki siyosatiga oid bahsli mavzular kabi kuçli hissiy ta’sir uyğotadigan masalalardan foydalanişga uringan.
Polşa rasmiylari avval ham Rossiyaning mamlakatdagi norozilik harakatlariga aralaşişga urinayotgani haqida bayonotlar bergan. Xususan, 2024 yil fevral oyida Polşa Taşqi işlar vazirligi fermerlar namoyişlarida paydo bölgan antiukrain şiorlari ortida Rossiya maxsus xizmatlari ta’siridagi guruhlar bölişi mumkinligini bildirgan edi.
Bundan taşqari, 2023 yil may oyida Mixail Xodorkovskiy bilan boğliq «Dose» tadqiqot markazi Rossiya hokimiyati Yevropa Ittifoqi davlatlarida keng kölamli dezinformatsiya kampaniyalarini taşkil etgani haqida ma’lum qilgan. Unda NATO ittifoqçilari örtasida kelişmovçilik keltirib çiqariş va yevropaliklarda ukrainaliklarga nisbatan salbiy munosabatni şakllantirişga urinişlar qayd etilgan.
Polşa maxsus xizmati hozirça mazkur iş böyiça qöşimça tergov harakatlari davom etayotganini ma’lum qildi.











