Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:20 / 03.08.2016
3438
1 daqiqa o‘qiladi
Indoneziyadagi Ternate orolidagi aeroport vulqondan otilayotgan kul tufayli yopildi
Foto: AP
Indoneziya hukumati Ternate orolidagi sulton Babulla aeroportini Gamalama vulqonidan otilayotgan kul sabab yopishga majbur bo‘ldi.
“Sinxua” agentligining xabar berishicha, vulqondagi ushbu holat tong saharda kuzatilgan va natijada hukumat ushbu chorani qo‘llashga majbur bo‘lgan.
Mamlakat tabiiy ofatga qarshi kurashish agentligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, vulqondan 600 metr balandlikda kul otilgan.
Ma'lumot uchun, Gamalama Indoneziyada joylashgan harakatdagi 29ta vulqondan biri hisoblanadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish