Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi harbiy to‘ntaruvga talabalarning qanday aloqasi bor?
Turkiyaning ATV kanali universitetlardan birining talabalari mamlakatdagi harbiy to‘ntaruv harakatiga aloqador bo‘lishi ehtimoli borligi to‘g‘risida syujyet taqdim qildi. Rolikda talabalar yotoqxonasida topilgan hujjatlar ko‘rsatilgan, ularning orasida GTA IV o‘yini chit-kodlari tushirilgan qog‘oz diqqatni tortgan.
Jurnalist ushbu qog‘ozning yuqori qismida o‘yin nomi yozilganini namoyish etdi. Pastki qismida esa “hayot”, “muhofaza”, “tank”, “qurol” va “pullar” so‘zlari yozilgan. Muxbirning so‘zlariga ko‘ra, bu talabalarning harbiy to‘ntaruvga aloqasi borligidan dalolat berishi mumkin.
16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada hukumat tomonidan bostirilgan harbiy to‘ntaruv harakati bo‘lib o‘tdi. Isyon davomida 246 nafar kishi halok bo‘ldi, yana 2,1 ming kishi jarohat oldi. Shundan so‘ng mamlakatda taxminan 60 ming harbiy, politsiyachi, sudya, amaldor va muallim o‘z lavozimidan chetlatildi.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026