3 hafta avval, 16-iyul kuni Turkiyada amalga oşirilgan davlat töntarişiga uriniş mamlakatga qançaga tuşganiga Rossiyaning RIA Novosti agentligi oydinlik kiritişga harakat qilib kördi.
Prezident Rajab Toyib Erdöğanga qarşi isyon yuzlab odamlarning ölimiga sabab böldi. Moliyaviy zararlar esa milliardlab dollarni taşkil etmoqda. Isyonning yana bir katta talofati kadrlar masalasidir. Ğarazgöylarning asosiy makoni hisoblangan armiyadan tortib boşqa barça ma'muriyatlarda ham
tozalaş işlari ötkazilmoqda.
Turkiya hukumati ma'lumotlariga harbiy isyonda 246 nafar fuqaro halok bölgan. Ikki mingdan ortiq odam jarohatlangan. Qayd etiş lozimki, davlat töntarişi taşkilotçilari tomonida halok bölganlar bu hisobga kiritilgani yöq.
Mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetgan. "Agar biz barça samolyotlar, vertolyotlar, qurollar, bombalar va (vayron bölgan) binolarni hisoblasak, ularning tannarxi kamida 300 milliard lir (100 milliard dollar) bölsa kerak", — degan Turkiya savdo va bojxona vaziri Bulent Tufenkçi.
Turkiyada davlat töntarişiga urinişdan söng, hibsga olişlar tölqini boşlanib ketdi. Iyul oyi oxiriga köra, uşlanganlarning soni 25 mingdan ortib ketgan. IIV Efkan Alining sözlariga köra, isyondan söng 26 mingga yaqin kişi uşlangan, deb xabar qilgan Anadolu agentligi. Ulardan 10 mingga yaqini hibsda saqlanmoqda.
Bundan taşqari, mamlakat hukumati körsatmasi bilan, 74562 kişining pasporti bekor qilingan. Ular endilikda mamlakatni tark eta olişmaydi.
Generallar safi esa, teng yarmiga tozalangan. Harbiy isyondan söng, 163 general va admiral qölga olingan — ular umumiy harbiy mulozimlarning yarmini taşkil etadi. Umuman, Resmi Gazete naşriga köra, 1684 nafar ofitser vazifasidan ozod etilgan.
Aytiş joizki, Turkiya armiyasi yirikligi böyiça NATOda ikkinçi, Yevropada birgina Rossiyadan keyingi örinda turadi. 2014-yilgi ma'lumotga köra, uning safida 610 ming kişi bölgan. Undan keyin keluvçi Fransiya va Britaniya armiyasida harbiy xizmatçilar soni 3 baravar kamdir.
Umuman, mamlakat boş vaziri Binali Yildirimning sözlariga köra, davlat töntarişiga oid suriştiruv işlari doirasida 58611 kişi vazifasidan ozod etilgan. Anadolu agentligi bu borada 66 mingdan ortiq kişi degan raqamni keltiradi. Eng köp işidan mahrum bölganlar ta'lim sohasiga töğri keladi. 43 mingga yaqin kişi. Bundan taşqari, 1669 ta ta'lim muassasasi va turarjoylarni yopiş töğrisida körsatma berilgan, deb xabar qilgan edi Haberturk telekanali.
















