Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Xitoyning "kelajak avtobusi" moliyaviy tovlamachilikning bir qismi bo‘lishi mumkin
© AP Photo/ Xinhua
Xitoyning Batie nomli "kelajak avtobusi" hukumat roziligisiz sinovdan o‘tkazildi, bu moliyaviy tovlamachilikning bir qismi bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrlarga sabab bo‘ldi. Bu haqida Xitoy OAV xabar berdi.
Bundan avval Sinxua agentligi o‘tgan seshanba kuni Xebey provinsiyasidagi Tsinxuandao shahrida Batie nomini olgan portal avtobus (transit elevated bus TEB-1) prototiplarining sinovi bo‘lib o‘tganligi to‘g‘risida xabar qilgandi.
Uzunligi 22 metr, kengligi 7,8 metr va balandligi 4,8 metr bo‘lgan avtobus shunday tuzilganki, u yo‘l chetida o‘rnatilgan maxsus relslar bo‘ylab harakatlanadi hamda yo‘llarda bandlik hosil qilmaydi. Manbaga ko‘ra, TEB-1 tarnsport vositasi 300 nafargacha yo‘lovchini sig‘dira oladi. Avtobusning maksimal tezligi soatiga 60 kilometrni tashkil qiladi.
Manbaga ko‘ra, shaharning taraqqiyot va islohotlar qo‘mitasi "TEB Batie loyihasini tasdiqlatish uchun hech qanday murojaat xati"ni olmagan.
Mavzuga oid
11:30
“Markaziy Osiyo – Xitoy” formati: kotibiyat to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
23:35 / 12.01.2026
O‘ldingmi? – Xitoyda yolg‘iz odamlar uchun mo‘ljallangan ilova ommalashdi
00:48 / 11.01.2026
Xitoy kompaniyasi odamsimon robotlar sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi
15:42 / 09.01.2026