Olimlar: amerikalik sportchilar dopingning yangi usulidan foydalanmoqdalar
AQShlik sportchilar dopingning yangi usuli – bosh miyani elektr stimulyatsiyalashdan foydalanmoqdalar.
Butunjahon aksildoping agentligi WADA sportchilarning jismoniy imkoniyatlarini oshirishning bu usulini taqiqlamagan.
Biroq olimlar bu jarayonga turlicha qaraydilar. Bu usul 19-asrdayoq qo‘llana boshlagan va undan hozirda yana foydalana boshlandi.
Rossiyada neyrofiziolog Natalya Bexterova "transkranial mikropolyarizatsiya" degan atamani kiritgan bo‘lib, amerikalik sportchilar aynan shu usuldan foydalanmoqdalar. Mikropolyarizatsiya jarayonida miyaga 1,5 dan 2 milliapmergacha bo‘lgan doimiy elektr tok bilan ta'sir ko‘rsatiladi. Shu yo‘l bilan odamning jismoniy va aqliy faolligini oshiradigan neyronlar qo‘zg‘atiladi.
Bundan tashqari, bu usul odamning tezkor xotirasini yaxshilash hamda nevrologik va ruhiy kasalliklarni davolashga ko‘mak berishda uyqu paytida qo‘llanadi.
Amerikalik sportchilar bu usuldan faol foydalanib keladilar. WADA sportchilarning jismoniy faolligini oshiruvchi yuzlab dori vositalarini taqiqlagan bo‘lsa-da, bu usulni taqiqlamagan.
Doping nazorati an'anaviy ravishda qon va siydik namunasini olish bilan amalga oshiriladi. Biroq sportchilar tomonidan "transkranial mikropolyarizatsiya" usulining qo‘llanganini bevosita aniqlashning iloji yo‘q.
Mavzuga oid
14:54 / 17.05.2024
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning top oliygohi olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
08:15 / 06.01.2024
Nobel mukofotiga munosib, ammo unga loyiq ko‘rilmagan olimlar
14:30 / 07.10.2023
“Bu yer biznes qiladigan joy emas” - faollar Botanika bog‘i taqdiridan xavotirda
15:47 / 16.02.2023