Jamiyat | 08:39 / 10.08.2016
12779
1 daqiqa o‘qiladi

Madridda samolyotiga kech qolgan yo‘lovchi unga yugurib yetib olmoqchi bo‘ldi

Adolfo Suares nomidagi Madrid-Baraxas aeroportida antiqa holat yuz berdi. U yerda Ryanair aviakompaniyasining reysiga biroz kechikkan yo‘lovchi Gran-Kanariya oroliga uchib ketayotgan samolyotiga yugurib yetib olishga qaror qildi. Ushbu holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda chop etildi.

Videoda Boliviya fuqarosi bo‘lgan yo‘lovchi samolyot terminaldan jo‘nab bo‘lgan vaqtda terminal yo‘lagidan pastga sakragani tasvirlangan. Yo‘lovchi yerga tushgach, yuk tashiydigan mashina haydovchisiga uni samolyotga yetkazib qo‘yishni iltimos qilgan. Biroq u bu urinishlari befoyda ekanligini tushungach, vaqtni boy bermay uchish yo‘lagi bo‘ylab samolyot ortidan yugura boshlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid