Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Barak Obama haqida gapirgan gaplaridan tondimi?
Foto: © AFP
AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp kuni kecha Barak Obama haqida gapirgan gaplari pichingdan boshqa narsa emasligiga izoh berdi.
11 avgust kuni OAVda Tramp AQSh prezidenti Barak Obamani IShID terrorchi guruhini tashkil qilganlikda ayblagan bo‘lsa, prezidentlik poygasidagi raqibi Hillari Klintonni guruhning hammuassisi, deb atagani haqida xabar berilgandi.
"CNN Barak Obamani IShID asoschisi, deb ataganimni juda jiddiy yetkazib berdi. Ular pichingni tushunishmaydi chog‘i?", - deb yozdi Tramp o‘zining tvitterdagi sahifasida.
Shuningdek u telekanallar shu yo‘l orqali o‘z reytinglarini ko‘tarib olmoqchi ekanliklarini aytib, televideniye xodimlari hech qachon u nimani nazarda tutayotganligini tushuna olmasliklarini ta'kidladi.
Mavzuga oid
09:53
Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib bordi
08:42
AQSh Kiyevga Yevropada Patriot uchun raketalar ishlab chiqarishga ruxsat bermadi
23:02 / 17.02.2026
AQSh bir sutka ichida Yaqin Sharqqa 50 dan ortiq qiruvchi samolyot jo‘natdi
22:46 / 17.02.2026