Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston olimpiadalar tarixidagi eng yaxshi natijasi rekordini yangiladi
Rio-2016 musobaqalarida qatnashayotgan O‘zbekiston vakillari medallar sonini birin-ketin oshirib borishda davom etmoqda. Bu esa jamoaga o‘z rekordini yangilash imkonini berdi. Yanada aniqroq qilib aytiladigan bo‘lsa, O‘zbekiston terma jamoasi 2004 yilda Afinada o‘tgan o‘yinlarda qo‘lga kiritgan natijasini yangiladi. O‘shanda jamoa 2ta oltin, 1ta kumush va 2ta bronza egasi bo‘lgan edi.
Hozirda terma jamoa hisobida 2 ta oltin va 4 ta bronza medali mavjud. Bu O‘zbekiston tarixidagi eng zo‘r natija hisoblanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston jami medallar soni bo‘yicha ham rekordini yangiladi. Hozircha aniq 8ta medal naqd qilingan. Bokschi Shahram G‘iyosov o‘z vazn toifasida finalga yetib borgan va kamida kumush medal masalasini hal qilgan. Yana bir bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev o‘zi uchun minimum bronza medalini naqd qilib qo‘ygan.
Bahslar davom etayotgani inobatga olinsa, medallar soni oshishi mumkin.
Mavzuga oid
20:55 / 25.06.2026
O‘zbekiston bola huquqlari xalqaro reytingida 96-o‘rinni egalladi
08:30 / 24.06.2026
Mamlakatlar imiji reytingi: yetakchilar va autsayderlar ma’lum bo‘ldi
18:07 / 22.06.2026
Qozog‘iston universitetlari Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topildi
08:45 / 22.06.2026